Hamyonbop narx va premium sifat

Katalog
Biz haqimizda

Sifatli mebel:
har bir oila uchun!

5000+Mamnun mijozlar
300+Modeldagi mebellar
100%MDF material
7+Yillik tajriba
Istiqlol Mebel yotoqxona to‘plami

Biz uchun eng muhim qadriyat — halollik!

Biz mijozga va’da qilganimizni yetkazib berishni, mahsulotimiz haqida ochiq va aniq ma’lumot berishni hamda har bir buyurtmaga mas’uliyat bilan yondashishni qadrlaymiz. Bizningcha, yaxshi mebel faqat chiroyli ko‘rinishi bilan emas, sifatiga yarasha qiymat berishi bilan ham qadrlidir. Shuning uchun biz har bir mijoz o‘z tanlovidan mamnun bo‘lishini istaymiz.

Maqsadimiz

Istiqlol Mebelning bugungi maqsadi faqat O‘zbekiston bozorida sifatli mebel ishlab chiqarish bilan cheklanmaydi. Biz sifatli mebelni ko‘proq oilalar uchun yanada qulay va hamyonbop qilish, ishlab chiqarish imkoniyatlarimizni kengaytirish va kelajakda Istiqlol Mebel mahsulotlarini dunyo bozorlariga eksport qilishni maqsad qilganmiz.

Bugun - O‘zbekiston uchun. Ertaga - butun dunyo uchun.

Ishlab chiqarish

Sifat har bir
detalldan boshlanadi!

Istiqlol Mebelda har bir yotoqxona to‘plami puxta o‘ylangan jarayon asosida ishlab chiqariladi. Biz avvalo sifatli materiallarni tanlashga, so‘ng har bir detalni aniq o‘lcham va yuqori aniqlikda tayyorlashga e’tibor qaratamiz.

Yotoqxona to‘plami
MDF materiallar

Mebellarimizga 100% MDF mahsulotidan foydalanamiz. Fasad va boshqa elementlarga ishlov berish jarayonida ularning tashqi ko‘rinishi, o‘lchami va sifati sinchiklab nazorat qilinadi. Eshik va tortmalarga qulay foydalanish uchun dovodchik mexanizmlari, krovatlarga esa modeliga mos ko‘tarma mexanizmlar o‘rnatiladi.

Ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifatga e’tibor qaratilib, tayyor mahsulot mijozga yetkazilishidan avval yana bir bor tekshiriladi. Biz uchun ishlab chiqarish — shunchaki mebel tayyorlash emas. Bu mijoz uyiga yillar davomida xizmat qiladigan mahsulot yaratish mas’uliyatidir

Mebelni yetkazib berish

Bizning mebel
kolleksiyamiz bilan tanishing!

Yotoqxona mebellari

Savollaringizni bo‘lsa
yozib qoldiring,
biz sizga aloqaga chiqamiz!

+998 90 819 44 41 +998 97 197 44 41 Istiroxat ko'chasi, 67-uy, Tashkent, Uzbekistan